Samarqandda Cybertruck haydovchisi jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 14 dekabr kuni Samarqandda Tesla Cybertruck rusumli transport vositasi haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilib, avtomobilni haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib yurgani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi Samarqand shahar Mirsaid Baraka ko‘chasida Tesla Cybertruck’ni boshqarib kelayotganda qonuniy tartibda to‘xtatilgan. Haydovchiga nisbatan ma’muriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov  tomiga avtomat o‘rnatilgan Cybertruck’da Grozniy bo‘ylab harakatlanayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan va elektrokarni Ilon Maskdan olganini aytgandi. Biroq Ilon Mask buni rad etdi va keyinchalik Qodirov ham bu hazil bo‘lganini tushuntirdi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand jarima Cybertruck

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing