Samarqandda cho‘kib ketgan 3 bolaning jasadi topildi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on suv omborida 4 nafar yigit cho‘kib ketgani va qutqaruv ishlarida faqat bir nafar bolaning jasadi topilgani haqida xabar bergandik. Qolgan 3 nafar bolaning ham murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Bugun, 2 avgust kuni olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida fuqaro E.U., (1998 yil) I.D. (2001 yil) va S.R. (2002 yil)larning jasadlari topilgan. Vafot etgan yigitlarning ikki nafari Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni 17:30 larda 4 nafar yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘kib ketgan. Ular qayiq ustida fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sababli, muvozanatini yo‘qotgan. Oqibatda qayiq ag‘darilib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing