Samarqandda Captiva yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 3 avgust kuni Samarqand viloyatida Captiva rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 16:20 larda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida to‘xtab turgan Captiva’ning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. 

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida ham yuqoridagiga o‘xshash bir necha holatlar kuzatildi. Jumladan, Toshkentning Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in avj olishidan avval “GAZel”dagi yo‘lovchilar zudlik bilan tushirilgan. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida Nexia rusumli avtomobil yonib ketdi. Ushbu avtomobilda ham yo‘lovchilar bo‘lgan. Ular o‘z vaqtida avtomobil salonini tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing