Samarqandda bog‘cha mudirasi metodistning boshini bokal bilan urib, yordi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida hodimlar bir-birlarini "krujka" bilan urib boshini yorgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyul kuni Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining mudirasi Ch.A. hamda shu muassasa metodisti E.G. o‘rtasidagi kelishmovchilik ortidan janjal yuzaga kelgan. 

Janjal davomida Ch.A. E.G.ning boshi qismiga bokal bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 2 iyul kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

514

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing