Samarqandda bog‘cha bolasi otasi tomonidan kaltaklangani aytildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelgani va uni otasi kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, mazkur zo‘ravonlik fakti Samarqand viloyati Urgut tumanida yuz bergani aniqlangan. Hozirda tuman IIB tomonidan holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. 

“Bolaga nisbatan bunday harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar kim bo‘lishidan qat’i nazar qonunan javob berishi ta’minlanadi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanida jizzaki tarbiyachi 4 yashar bolani urib, dars o‘tgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing