Samarqandda bir necha shaxsni AQSHga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati teleradio kanali malum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolar M.X. va Sh.Sh.lar uzoq vaqtdan buyon AQSHga yuborishni va’da qilgan holda bir necha shaxslardan katta miqdorda pul mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan. Jumladan, ular fuqaro J.X.ga Yevropa davlatlarining biriga Shengen vizasini rasmiylashtirish va “Toshkent-Ispaniya-Meksika-AQSH” yo‘nalishi orqali Amerikaga yuborishni va’da qilgan. U J.X.dan 27 000 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.

M.X. va Sh.Sh.lar unga dastlab 10 000 dollar, Meksikaning AQSH bilan chegarasiga yetib borgandan so‘ng esa qolgan 17 000 dollarni berishi zarurligini bildirgan. Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tadbirda M.X. hamda Sh.Sh.lar fuqaro J.X.dan 10 000 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Tintuv vaqtida ularning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan 13 nafar fuqaroning hujjatlari (8 ta xorijga chiqish pasporti, 2 ta biometrik pasport, bir dona ID-karta, 2 ta tug‘ilganlik xaqida guvohnoma va bir dona nikoh guvohnomasi), shuningdek, yana bir fuqaro N.R.ni AQSHga yuborish evaziga 22 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgani to‘g‘risida tilxat topilib, protsessual tarzda rasmiylashtirilgan.

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda fuqarolarni aylanma yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga 15 ming dollar evaziga noqonuniy yuborayotgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing