Samarqandda bir guruh o‘quvchilar ommaviy janjal uyushtirdi
3-sahifa
−
06 iyul 2022
12621Samarqanddagi o‘quv markazlaridan birining bir guruh o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 5 iyul kuni soat 19:30 larda Samarqand shahrining Dahbed ko‘chasida joylashgan o‘quv markazlaridan birining o‘quvchilari o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida janjal yuzaga kelgan.
Ommaviy mushtlashuvda qatnashgan fuqarolar hududiy IIBga olib kelingan va holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi