Samarqandda ayol ona-bola tomonidan “samosud” qilindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda dala maydonida ona-bola birgalikda boshqa bir ayolni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 13 iyun kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Orlot” MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligida sodir bo‘lgan.

“Ushbu fermer xo‘jaligidagi yer maydonidan ijarachi sifatida foydalanib kelayotgan ayollar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal sodir bo‘lgan. Bunga ijarachilardan birining o‘g‘li aralashib, ikkinchi ijarachiga tan jarohatlari yetkazgan”, deyiladi xabarda. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

893

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing