Samarqandda avtomobil shinasidan salkam 4 kg “opiy” va “gashish” topildi
Jamiyat
−
15 may 2021
5273Jizzax va Samarqand viloyatlari bojxonachilari Davlat xavfsizlik xizmati idoralari vakillari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida fuqaro B.B.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yerto‘ladagi avtomobil balloni shinasi ichiga 3 dona polietilen o‘ramlar yashirib qo‘yilgani, mazkur o‘ramlarning ichida jami 3 kg 90 gr og‘irlikdagi “opiy” va “gashish” giyohvandlik vositalari yashirilgani aniqlangan.
Shuningdek, oldindan kuzatuvga olingan fuqaro F.B. boshqaruvidagi Epica rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilganda, unda 1 dona polietilen o‘ram borligi, uning ichidagi modda ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi 1 kg 17 grammni tashkil qiluvchi “gashish” giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi