Samarqandda avtobus va Cobalt to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
12 fevral
5042Kecha, 11 fevral kuni Samarqand viloyatida avtobus va Cobalt to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 7:00 atrofida Jomboy tumanining Samarqand mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Zhong Tong rusumli avtobus harakatlanib kelayotib, ko‘prik ustida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Aniqlanishicha, avtobus haydovchisi Cobalt rusumli transport vositasining holatini inobatga olmasdan tezlikni me’yoridan oshirib yuborgan va tormozni keskin ravishda bosgan. Oqibatda bir yo‘lovchi tibbiyot birlashmasida hayotdan ko‘z yumgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovning yakuniy xulosasiga ko‘ra, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Nexia-3 rusumli avtomashina 10 yoshli bolani urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi.
LiveBarchasi