Samarqandda avtobus maktab yonida o‘quvchini urib yubordi. Bola vafot etdi
3-sahifa
−
14 noyabr
5505Bugun, 14 noyabr kuni Samarqand viloyatida yo‘lovchi avtobus voyaga yetmagan piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi harakati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 08:00 larda Samarqand shahar Kamoliddin Behzod mahallasi hududidan o‘tuvchi A.Temur ko‘chasida haydovchi F.S. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli jamoat transportini boshqarib borib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabi yaqinida yo‘lni o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Captiva bilan to‘qnashgan Spark ag‘darilib ketgandi. YTH oqibatida Spark transport vositasining haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi