Samarqandda avtohalokatda 4 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqandda 4 kishining umriga zomin bo‘lgan “Kamaz” va Cobalt mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Unda bayon etilishicha, joriy yilning 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani “Omonqo‘ton” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121-kilometrida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan. Cobalt rusumli mashina haydovchisi “Urgut-Qarshi” yo‘nalishi bo‘ylab harakat chog‘ida avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketadi.

Oqibatda Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, “Kamaz” rusumli avtomashina haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 8 iyun kuni tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing