Samarqandda “Afrosiyob” poyezdi 18 bosh qo‘yni bosib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poyezdi lokomotivi qonga belangani aks etgan rasmlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Transport prokuraturasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi “Zirabuloq – Kattaqo‘rg‘on” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3816 km 3-piketida temir yo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni bosib ketgan. 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyati Transportda Xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

917

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made