Samarqandda 7 tonnalik osh qilindi. Yulduz Usmonova esa bundan norozi (video)
Jamiyat
−
04 avgust 42923 2 daqiqa
Joriy yilning 1–3 avgust kunlari Samarqand viloyatida ilk bor “Samarqand oshi” xalqaro festivali o‘tkazildi va unda tonnalab osh tayyorlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Festivalning 1-kunida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan eng mohir oshpazlar ishtirokida musobaqa tashkil qilingan bo‘lsa, 2-kuni xorijlik oshpazlar ishtirokida osh pishirildi. Jumladan, Ozarbayjon, Malayziya, Qatar, Quvayt, Yaponiya, Pokiston, Turkiya, Tojikiston, Indoneziya, Xitoy, Hindiston, Polsha, Iordaniya, Misr, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va boshqa bir qator davlatlardan dunyoga mashhur oshpazlar pazandalik borasidagi iqtidorlarini namoyish qildi.
Shuningdek, tadbirning 3-kunida maxsus tayyorlangan katta qozonda 50 nafar mahalliy va 5 nafar xorijlik oshpaz tomonidan 7 tonnalik osh pishirildi. Tanlovda 3-o‘ringa Xorazm viloyati, 2-o‘ringa Buxoro viloyati, 1-o‘ringa esa Toshkent shahri oshpazlari munosib ko‘rildi.
Ushbu tadbirga ko‘plab insonlar oshdan bahramand bo‘lish ilinjida tashrif buyurgan, bu esa yo‘llarda tirbandlikni keltirib chiqargan. O‘sha paytda Samarqandda bo‘lgan xonanda Yulduz Usmonova esa ushbu holatni tanqid qilib, “yo‘lni to‘g‘rilab qo‘yib, keyin tonnalab qilmaysizlarmi?” deya e’tiroz bildirgan. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u 1 soat 20 minut tirbanlikda qolib ketgan.
“Mashina minganning gunohi nima? Kerakmi shu tadbirlar? Avval yo‘lni o‘ylab, keyin bunaqa tadbirlarni qilish kerak”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida o‘tkazilgan “Mangal Fest” festivalida fuqarolar mushtlashib ketgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr