Samarqandda 6 kg opiy olib ketayotgan erkaklar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida qariyb 6 kilogramm opiyni sotish uchun olib ketayotgan ikki erkak ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Kia Bongo mashinasi to‘xtatilib, mashinadagi sport sumkasidan 6 o‘ramda 5 kilogramm 953 gramm o‘tkir xidli, yopishqoq opiy borligi aniqlangan. 

Ta’kidlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi ikki shaxs ushbu moddalarni Toshkentdagi “O‘rikzor” bozorida tojikistonlik yigitdan 36 ming dollarga sotib olgan. 

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing