Samarqandda 5 yashar bola kamyob kasallikdan vafot etdi
Jamiyat
−
13 may
22222Bugun, 13 may kuni Samarqand viloyatida o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit kasalligiga chalingan 5 yoshli bola – Azimjonov Umarbek vafot etdi. Bu haqda bolaning ota-onasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, bolakay 2019 yilning may oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida sog‘lom holatda dunyoga kelgan. 2024 yilning fevral oyida qizamiq asorati tufayli kelib chiquvchi o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit (SSPE) xastaligiga chalingan.
Ma’lumot o‘rnida, SSPE qizamiq yoki qizilcha kasalligidan qolgan asoratlar tufayli yuzaga keladigan miya kasalligidir. Bemorda to‘xtovsiz sudurgi, mushaklar tortishishi yoki bo‘shashishi kuzatiladi. Uning oldini olishning yagona samarali usuli qizamiqqa qarshi emlashdir. O‘zbekistonda bolalar 1 yoshdan qizamiqqa qarshi emlanadi, ammo ko‘p hollarda bolalar 1 yoshga to‘lmasidan qizamiq kasaliga chalinmoqda. Shu boisdan, O‘zbekistonda SSPE'ga chalinish holati so‘nggi yillarda avj olgan (Bu haqda keyinroq QALAMPIR.UZ’ning maxsus reportajini tomosha qiling).
QALAMPIR.UZ saytiga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda SSPE bilan kasallangan bolalar soni 100 ga yaqinlashgan. AQSH va G‘arbiy Yevropada esa bolalarni qizamiqqa qarshi erta emlash (2 oyligida emlanadi) tufayli SSPE kasalligi juda kam uchraydi.
LiveBarchasi