Samarqandda 40 yoshlardagi erkak 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida noma’lum erkak 7 yoshli qizni kuzatib kelib, unga uyatsiz harakatlar qilgani va otasi kelib qolganidan so‘ng, qochib ketgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov QALAMPIR.UZ’ga rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 28 mart kuni Samarqand shahar B.Yo‘li ko‘chasi 69-uy 18 xonadonda yashovchi 1985 yil tug‘ilgan shaxs Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning murojaatida 27 mart kuni soat taxminan 16:30 da voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan qiziga yashash uyidan pastga tushayotgan vaqtida kirish yo‘lagi eshigi yonida noma’lum shaxs uyatsiz xarakatlar qilib turganligini ko‘rganligini ma’lum qilib, ushbu noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Xayot Shamsiddinovga ko‘ra, gumonlanuvchining yoshi taxminan 40-45 yoshlarda bo‘lib, rus millatiga mansub. Bo‘yi esa taxminan 165-170 sm, egnida qora rangli o‘ng qo‘lida oq yozuvi bor sport kiyimi, yuzida tibbiy niqob bo‘lgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1036

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing