Samarqandda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
29 mart 2021 7280 1 daqiqa
Samarqand shahrida is gazidan zaharlanish tufayli 4 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
Kecha, 28 mart kuni, soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri “Maqsud Shayxzoda” MFY Laxutiy ko‘chasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqaro xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi oqibatida zaharlangan.
Voqeadan so‘ng 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari kuchli zaharlanish alomatlari bilan RSHTTYOIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr