Samarqandda 29 yoshli erkakning qornidan 200 gr mix olib tashlandi
Jamiyat
−
06 yanvar 6772 1 daqiqa
Samarqandda 29 yoshli fuqaroning qorin bo‘shlig‘idan 200 gramm mix va “samorez” olib tashlandi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, muassasaga 29 yoshli fuqaro A.E. qorin sohasida kuchli og‘riq bilan keltirilgan. Shoshilinch qabul bo‘limida o‘tkazilgan diagnostika va laboratoriya tahlillariga ko‘ra bemorning me’da ichak tizimida katta miqdorda yot jismlar (mix va “samorez”) borligi aniqlangan.

Bemorda shoshilinch ravishda laparotomiya, gastrostomiya usulida jarrolik amaliyoti o‘tkazilib, qorin bo‘shlig‘idan mix va boshqa turdagi metal jismlar olib tashlangan. Hozirgi vaqtda bemorning ahvoli qoniqarli.
Erkak qattiq stressga tushgani va o‘z xatti-harakatlarini nazoratga olmagan holda ushbu jismlarni yutgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda shifokorlar 40 yoshli erkakning qornidan 29 ta qoshiq, 19 ta tish cho‘tkasini olib tashlagan edi.
Live
Barchasi