Samarqandda 18 yoshli qiz o‘zini daryoga tashlab halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
11 mart 2023 17951 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ko‘prikdan bir qiz o‘zini suvga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha, 10 mart kuni soat 21:25 da Oqdaryo tumani “O‘zbekiston” mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy ta’lim muassasasi talabasi) Oqdaryo va Samarqand tumanini bog‘lab turuvchi Qoradaryo ko‘prigidan o‘zini suvga tashlab, joniga qasd qilgan.
Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
“Holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr