Samarqandda 18 yashar qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Samarqandda 18 yashar qiz o‘zini Zarafshon daryosi ustidagi ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha 11 iyul kuni soat 15:00 lar atrofida Milliy gvardiya Samarqand shahar qo‘riqlash bo‘limi 3 otryadi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Zarafshon daryosi ustidagi toifalangan ko‘prikda qiz o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lgan.

“Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan qizni ushlab qolishga erishishgan va noxush holatning oldi olingan”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum bo‘lishicha, qizning bu qarorga kelishiga oilaviy muhitning nosog‘lomligi sabab bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan hududiy Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

888

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing