Samarqandda 18 talabaga baho qo‘yishni talab qilgan soxta KQKA xodimi ushlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 yanvar kuni Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro M.S. ushbu hududdagi oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, mazkur universitet talabasi – tanishi D.Yu. hamda guruhning boshqa 17 nafar talabasiga chet tili fani bo‘yicha o‘tkazilayotgan davlat imtihonidan qoniqarli baho qo‘yishni talab qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lum qilishicha, fuqaroning ushbu noqonuniy talabi oliy ta’lim muassasasi tomonidan qondirilmagach, fuqaro M.S. takroran qo‘ng‘iroq qilib, ushbu vaziyatni zudlik bilan ijobiy hal qilishni, aks holda mas’ullar Toshkent shahriga chaqirtirilishi bilan tahdid qiladi.

Joriy yilning 29 yanvar kuni mazkur holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat kelib tushdi hamda fuqaro M.S. ning noqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.

Shu munosabat bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tegishli idoralar tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro M.S. ning noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risida olingan dastlabki ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topgan.

Holat yuzasidan joriy yilning 3 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.

Sud jarayonida M.S. va D.Yu. aybiga iqror ekanliklari, mazkur noqonuniy xatti-harakatlarni avvaldan til biriktirgan holda amalga oshirganliklariga iqror bo‘lib, hozirda qilmishidan pushaymonligini bildirib o‘tgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qarori bilan fuqarolar M.S. va D.Yu. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, tegishli jazo tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing