Samarqandda 17 yashar yigit sodir etgan YTH 2 kishining umriga zomin bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit boshqaruvida bo‘lgan Cobalt yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 17 yoshli yigit singlisining dugonalarini manziliga eltib qo‘yish maqsadida uyidan Cobalt rusumli avtomobilni olib chiqqan. 

Yigitcha avtomobilni katta tezlikda boshqarayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga o‘tib, ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchidan biri voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. Uchinchi yo‘lovchi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing