Samarqandda 15 yoshli bola uylandimi? (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 15 yoshli bola uylangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, mazkur videoni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro N.A. (1983 yilda tug‘ilgan erkak) ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Videodagi dastlabki kadrlar 2025 yil noyabr oyida Pastdarg‘om tumanidagi to‘yxonada bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida tasvirga olingan. Go‘yoki kelin-kuyov bo‘lib sahnada o‘tirgan voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq keyingi kadrlar esa tumanning boshqa to‘yxonasida tasvirga olingan.

Bolalar tasvirlangan videokadrdagi maskanda hech qanday to‘y bo‘lmagan. N.A. tomonidan ikkala tasvir birlashtirilgan va yagona videorolik shaklida ishlangan. N.A. mazkur rolikni ijtimoiy tarmoqda o‘z obunachilari sonini oshirish uchun tayyorlagani aniqlangan. 

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, fuqaro N.A. ning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda. Ko‘rilgan qonuniy choralar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar bilan nikoh uchun jarimalar keskin oshirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand to'y Pastdarg'om

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing