Samarqandda 11 yoshli qizni Damas urib ketdi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandning Past Darg‘om tumanida Damas haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yuborgani tasvirlangan video tarqalgandi. Kuzatuv kamerasidan olingan videodan holat 31 mart kuni sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ushbu YTH oqibatida qizning bir oyog‘i kesib tashlangani aytilmoqda.

Bugun, 14 may kuni viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.  Unga ko‘ra, 2013 yilda tug‘ilgan qiz ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida statsionar tartibda davolanmoqda.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing