Samarqandda 10 kg narkotik sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
02 fevral 2023
5429Samarqandda 10 kg “opiy” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.A. Jizzax viloyati Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 yilda tug‘ilgan K.K.ga 2 kg “opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Shuningdek, Q.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida 8 kg “opiy” giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi