Samarqandda 10 bosh qoramolni o‘g‘irlagan jinoiy guruh aniqlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlarida jami 10 bosh qoramolni o‘g‘irlagan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaro o‘zining 49 va 38 yoshli mahalladoshlari bilan jinoiy guruhga birlashib, Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlari hududidan jami 10 bosh qoramolni o‘g‘irlagan. 

O‘g‘irlangan mollarni Navoiy viloyatida yashovchi qarindoshning uyida saqlab, qo‘shni viloyatlarda yashovchi fuqarolarga sotib kelganligi bo‘yicha ma’lumotlar aniqlangan.

Tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu shaxslar qo‘lga olingan. Shuningdek, qoramollarni sotib olgan xaridorlardan ham 7 bosh qoramollar daliliy ashyo sifatda rasmiylashtirib olingan. 

Bundan tashqari guruhning 49 yoshli a’zosining yashash uyida 170 gramm giyohvandlik moddasi saqlab kelinganligi ham aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi hamda 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro tumanida joylashgan savdo majmualarining birida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan shaxs Navoiy shahrida ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'g'rilik jinoiy guruh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing