Samarqandda 1,5 yashar qizcha 10-qavatdan tushib ketdi
3-sahifa
−
11 iyun 2022
15546Samarqandda 1,5 yashar qizcha ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan tushib ketdi. Oqibatda u vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 9 iyun kuni soat 18:00 larda Samarqand shahar “Qorasuv” maskani 81-uyda sodir bo‘lgan.
Mazkur uyda yashovchi A.K.ning voyaga yetmagan farzandi, 2020 yil 19 noyabrda tug‘ilgan Sh.S. xonadon eshigining ochiqligi oqibatida, yo‘lakchadan tashqariga chiqib, ehtiyotsizlik oqibatida xonadon joylashgan 10-qavat balkon temir panjarasi orasidan pastga yiqilib tushib, og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i, Samarqand shahar prokurori o‘rinbosari, shahar prokuraturasi tergovchisi boshchiligida tezkor-tergov guruhi tuzilib, hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borgan va Sh.S.ning murdasi mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Marhuma Sh.S.ning tanasidagi tan jarohatlari va o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlash qarori chiqarilgan, ammo marhumaning oila a’zolari ushbu holat yuzasidan biror kimdan da’vo shikoyatlari yo‘qligi sababli ekspertiza tekshiruvi o‘tkazishni rad etgan.
Ushbu holat xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib, marhuma Sh.S.ning murdasi oila a’zolari ixtiyoriga qoldirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi