Samarqandda huquq himoyachisi pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
09 noyabr 2022
18805Samarqand viloyatida advokat pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “YULDUZ” advokatlik firmasida advokat bo‘lib ishlayotgan A.U. pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, A.U. sud idoralarida ko‘rib chiqilayotgan ishlarda advokat sifatida ishtirok etib, “vositachilik” qilish yo‘li bilan sud tizimida ishlovchi yaqin aloqalari orqali ishlarni ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olib kelgan.
Xususan, mahalliy fuqaroning turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohini bekor qilish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining qarorini chiqartirib berish evaziga undan 1500 AQSH dollarini talab qilgan.
Tezkor tadbirda advokat A.U. ushbu fuqarodan kelishilgan pullarning 1300 dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.
Hozirda A.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi