Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” a’zolari ushlandi
3-sahifa
−
29 iyun 2022 11322 1 daqiqa
Samarqand shahri va Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoiy guruh tashkilotchilari bo‘lgan “G.S.” va “R.A.” sheriklariga “Hizb ut-Tahrir”ning “Islom nizomi” nomli kitobi va “Al-Va’y” jurnalidan foydalangan holda boshqalarga dars o‘tib, O‘zbekistonda Konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlab, Xalifalik davlatini tiklashga targ‘ib qilib kelishgan.
Shuningdek, “G.S.” va “R.A.” ota-onalari, yaqinlari va ko‘plab tanishlarini o‘z saflariga a’zo bo‘lishga da’vat qilib, internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatishgan.
Mazkur jinoiy guruhning faoliyati ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotning g‘oyaviy yetkachilaridan biri bo‘lgan 1980 yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan, mazkur davlat fuqarosi, sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan “Mahmud Abdulmo‘min” taxallusli M.X. tomonidan boshqarilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025