Samarqandda haydovchilardan “o‘lpon” undirib kelgan shaxslar qamaldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida haydovchilardan “o‘lpon” talab qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qator terak mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan X.Sh. va Juma shahri Sazag‘an mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan J.Sh. spirtli ichimlik ta’sirida, mast holatda, “Juma avto bosh bekati”da, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan “Beklar” mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan Samarqand-Juma yo‘nalishida kirakashlik qiluvchi J.B. bilan, ularga yo‘nalishga chiqishi uchun pul to‘lamaganligini vaj qilib, janjal qilmoqchi bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxslar shu bekatdagi yo‘lovchi tashuvchi haydovchilardan “o‘lpon” talab qilish bilan shug‘ullanishi aniqlangan. 

Shundan so‘ng, tadbir tashkil qilinib, janjal chiqishi mumkin bo‘lgan joyga maxsus guruh bilan chiqilib, holatga aloqador barcha shaxslar qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan 10 (o‘n) sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing