Samarqandda zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
05 Oktabr
14320Bugun, 5 oktyabr kuni Samarqand viloyatida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bildirilishicha, mahalliy vaqt bilan 23:07 da zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr: Samarqand viloyati, Payariq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 66,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 226 km janubiy-g‘arbda.
Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni Toshkent shahrida 3,6 magnitudali zilzila bo‘lgandi.
LiveBarchasi