Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Jamiyat

image

Samarqanddan Ukrainaning Lvov shhri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu masala Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuvi vaqtida muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ukraina aloqalarining mustahkamlanib borayotgani ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda viloyatda IT Park tashkil etish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar muhokama etildi.

Uchrashuvda elchi janoblari Samarqand bilan o‘zaro birodarlashgan Lvov viloyati rahbari Maksim Kozitskiyning viloyat vakillari Lvovga taklif etilgan taklifnomasini topshirdi.

Shuningdek, Samarqand shahar hokimiga Lvov shahriga taklifnoma taqdim etildi.

Tomonlar tez fursatda ukrainalik ishlab chiqaruvchilar va ishbilarmonlar ishtirokida onlayn rejimda samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand-L'vov

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar