Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi dovonda avtomobillar harakati tiklandi

Jamiyat

image

Qorli ob-havo sabab turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilganligi haqida xabar berilgan edi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakat xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda dovonda harakat tiklangan. Xodimlar tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, avtomobil yo‘li qordan tozalangan.

“Barcha haydovchilardan tezlik me’yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi YHXBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing