Samarqand tumaniga hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 30 iyul kuni Jormboy ortidan Samarqand tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. 

Xalq deputatlari Samarqand tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida vazifasidan ozod etilgan Shuhrat Jamolov o‘rniga Nosir Mamarasulovich Mavlonov Samarqand tumani hokimi etib tasdiqlandi.

1971 yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan Nosir Mavlonov 1996 yildan buyon soliq idoralarida faoliyat ko‘rsatgan. Shu paytgacha Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov so‘zga chiqib, Samarqand tumanida islohotlarning borishini tanqidiy tahlil qildi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nosir Mavlonov

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar