Samarqand tumani tugatiladi. Viloyat markazi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining “Samarqand viloyatining Oqdaryo, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish, Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, Sug‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand tumanlarini tashkil qilish hamda Samarqand tumanini tugatish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirilgan. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Samarqand tumani tugatiladi, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri ma’muriy-hududiy chegaralari o‘zgaradi. 

Shuningdek, Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar, Samarqand tumanidan 12 975 gektar,  Pastdarg‘om tumanidan 1 245 gektar, Toyloq tumanidan 1 269 gektar yer maydonlari Samarqand shahri tarkibiga, Samarqand shahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Pastdarg‘om tumani tarkibiga, Samarqand tumanidan 29 283 gektar yer maydoni Toyloq tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Umumiy yer maydoni 28 415 gektar bo‘lgan Samarqand shahri tarkibida umumiy yer maydoni 8 250 gektar bo‘lgan Qorasuv tumani, umumiy yer maydoni 3 741 gektar bo‘lgan So‘g‘diyona tumani, umumiy yer maydoni 4 846 gektar bo‘lgan Siyob tumani, umumiy yer maydoni 3 246 gektar bo‘lgan Bog‘ishamol tumani, umumiy yer maydoni 8 333 gektar bo‘lgan Maroqand tumani tashkil etiladi.

Qaror loyihasiga muvofiq, Samarqand viloyati Samarqand shahar chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand shahri tarkibida tashkil etilgan Qorasuv, So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol va Maroqand tumanlari chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand viloyatining Oqdaryo, Samarqand, Pastdarg‘om, Toyloq tumanlari hududidan Samarqand shahar hududiga o‘tkazilayotgan yer maydoni chegaralarining tavsifi va chizmasi, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan Pastdarg‘om tumani tarkibiga o‘tkaziladigan yerlar chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand tumanidan Toyloq tumani tarkibiga o‘tkaziladigan yerlar chegarasining tavsifi va chizmasi tasdiqlanadi.

Yangi tashkil etilgan Maroqand tumani tarkibidagi Gulobod massivi Samarqand viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing