Samarqand shahar bosh imom-xatibi vafot etdi

Jamiyat

image

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshda vafot etdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.

Nuriddinxon Islomov 1970 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish foliyatini boshlagan. 1980 yildan 2008 yilga qadar Jizzax viloyati G‘allaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat olib borgan. 2017 yilgacha  Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan.  Shundan so‘ng ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

“Samarqand shahar hokimligi Nuriddinxon Islomovning vafoti munosabati bilan uning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildirib, chuqur ta’ziya izhor etadi”, deyilgan xabarda.

Avvalroq, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etgandi. Uning o‘limiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nuriddinxon Islomov

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar