Kadastr agentligi direktori Samarqand shahriga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
17 fevral 2022
10533Fazliddin Karimovich Umarov Samarqand shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
Bugun, 17 fevral kuni Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Unda Samarqand shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Boburmirzo Salomovich Oblakulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Fazliddin Karimovich Umarov nomzodi Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Fazliddin Karimovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi