Samarqand ko‘chalaridan biriga Rim nomi berildi

Jamiyat

image

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko‘chaga Rim shahri nomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston va Italiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta’kidladi.

Shuningdek, muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi.

Mirziyoyev Meloniga mashhur italiyalik olim Nikkolo Makiavellining o‘zbek tilida chop etilgan “Hukmdor” kitobini sovg‘a qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi doirasida Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand O'zbekiston Italiya Rim Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing