Samarqand IIB qovurg‘asi sindirilgani aytilgan mahbus haqida ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqanddagi tergov hibsxonasida mahbus ichki ishlar xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, qovurg‘alari sindirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) holat bo‘yicha o‘rganish olib borilishini, mahbus unga kuch ishlatilganini aytayotganini bildirdi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi va o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Qayd etilishicha, holatda “qovurg‘asi urib sindirilgani” aytilayotgan shaxs joriy yilning 29 sentyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-22” tadbiri 2-bosqichi davomida 5,25 gramm “geroin” giyoxvandlik moddasi sotgan vaqtida ushlangan. Undan 5,25 gramm “geroin” giyoxvandlik moddasi ashyoviy dalil tariqasida xujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 1 oktyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xuzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Yo.S. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Tezkor xizmat xodimlari ushbu shaxsni ashayoviy dalillar bilan qo‘lga olgan vaqtida u jarohati borligini bayon qilgan. Ya’ni u 20 sentyabr kuni Urgut tumanida o‘ziga tegishli bo‘lgan IJ rusumli mototsiklidan yiqilganligini aytgan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, xodimlar fuqaroni Samarqand shahriga olib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan. Shifokor tibbiy ma’lumotnomasi, haqiqatdan o‘zi qo‘lga olinishidan 10 kun oldin mototsiklidan yiqilganligi to‘g‘risidagi fuqaroning bergan tushuntirish xati hamda holat bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar mavjud.

Ayni damda holat tegishli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing