Samarqand-Dushanbe yo‘nalishidagi aviareys tugatildi
Jamiyat
−
05 noyabr 2025 6288 1 daqiqa
Samarqand-Dushanbe-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha uch oy davomida amalga oshirib kelingan aviareys butunlay bekor qilindi. Bunga ushbu yo‘nalishga bo‘lgan talabning pastligi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
“Tugatish qarori yo‘lovchilar soni reysni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmagani sababli qabul qilindi. Hatto parvozlar faol davrda ham samolyot to‘liq to‘lmagan”, deyiladi Centrum Air aviakompaniyasi bayonotida.
Kompaniya vakillarining bildirishicha, reysni bekor qilish qarori vaziyat sinchiklab o‘rganib chiqilganidan so‘ng qabul qilingan.
“Yaqqin kelajakda bu yo‘nalishdagi parvozlarni tiklash haqida so‘z yuritilmayapti”, deb qo‘shimcha qilgan aviakompaniya vakillari.
Ma’lumot uchun, mazkur yo‘nalishdagi reys joriy yilning 20 iyul kuni birinchi bor yo‘lga qo‘yilgan. Uni O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi haftaning payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025