Samarqand davlat tibbiyot universitetida dunyo talabalari birlashdi

Biznes

image

Joriy yilning 15-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari" nomli talabalar va yosh olimlarning 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya, Belarus, Bolgariya, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlari hamda Respublikamizning 47 ta oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan 1200 nafar talabalar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘ratbay Sharipov hamda SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev so‘zga chiqib, tashkil etilgan mazkur konferensiyaning Respublikamizda ilmiy va amaliy tibbiyotning yanada rivojlanishi, xalqaro maydon bilan tajriba almashishning kengayishidagi ahamiyati haqida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.

Shuningdek, ochilish doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Belarus davlat tibbiyot universiteti, I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universiteti hamda Polsha Oliy biznes maktabi bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilar uchun ikki oliygoh diplomlari tantanali tarzda topshirildi. Bundan tashqari Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun ta’sis etilgan “Meros Pharm” stipendiyasi sohiblariga ham sertifikatlar taqdim etildi.

Ochilishning keyingi qismi bayramona tarzda kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli chiqishlar bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.

Ochilish marosimidan so‘ng, konferensiya o‘z ishini 25 ta shu’ba bo‘yicha davom ettirdi. Konferensiya shu’balarida talabalar va yosh tadqiqotchilarning taqdimotlari namoyish etildi. Anjuman davomida tibbiyotning ko‘plab dolzarb muammolari bilan bir qatorda “Yosh olimlar klubi” davrasi tashkil etilib, tibbiyotdagi innovatsion g‘oyalar, Start-UP loyihalari muhokama qilindi. Yakunda anjuman ishtirokchilariga diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari” talabalar va yosh olimlar an’anaviy 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi talabalar va yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning salohiyati va ilmiy yutuqlaridan samarali foydalanish, fundamental va klinik fanlar o‘qitish sifatini yanada oshirish hamda mamlakatimiz tibbiyotini yanada rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing