Samarqand aeroportida qurol olib kirishga uringan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand aeroportida pnevmatik qurolni olib kirishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Samarqand aeroporti”da “Sheremetevo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.H.ning xatti-harakati bojxonachilarda shubha uyg‘otadi.

Holislar ishtirokida R.H.ga tegishli bagaj sumka belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, qiymati 5 mln so‘mlik 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha, 4 dona siqilgan havo balonchasi va 89 dona o‘qni tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirishga uringani aniqlangan.

Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, sudlanuvchi R.H.ga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida – 1 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyolari tegishli tartibda yo‘q qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing