Samarqand aeroporti 3 kunga yopiladi 

Jamiyat

image

Samarqand aeroporti 14 sentyabrdan 17 sentyabrga qadar yopiladi. Bunday xabar bugun, 19 avgust kuni aviakompaniya xodimlari uchun xalqaro ogohlantirish tizimi (NOTAM)da paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, aeroport soat 14 sentyabr 00:01 dan 17 sentyabr soat 00:01 ga qadar bo‘lgan muddatda tijoriy muntazam va nomuntazam yo‘lovchi hamda yuk reyslarini qabul qilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15−16 sentyabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing