Samarqand hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
19 aprel 2023 10995 1 daqiqa
Samarqand viloyati hokimi Turdimov Erkinjonga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Shunqor Xudoyberdiyev 1971 yilda Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Feruz Ne’matullayevich Abilov Samarqand viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Feruz Abilov ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr