Samarqandda Kushon podsholigiga oid tangalarni chetga olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tangalarni Moskvaga olib chiqib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Samarqand-Vnukovo” yo‘nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. 

Natijada fuqaroning bagaj sumkasidan Kushon podsholigi davriga oid 5 dona qadimiy tangalar, 3 dona tarozi kalibrovkasini o‘lchaydigan qadimiy metallar hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o‘q qoldig‘i borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ellik yil avval va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing