Samarada yong‘in chiqdi. Jabrlanganlar orasida o‘zbekistonlik ham bor
3-sahifa
−
09 noyabr 2020
5164Joriy yilning 7 noyabr kuni Rossiyaning Samara shahri, Promishlennosti ko‘chasi, 33-uyda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqida Qozon shahridagi O‘zbekistonning bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
Ma’lumotda aytilishicha, yong‘in oqibatida 5 nafar inson jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. Jarohatlanganlardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilmoqda.
O‘zbekistonlik A.X. N.I.Pirogov nomli 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Unga is gazidan zaharlanish, boshning yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.
Vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda.
"Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda vakolatli organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi", deyiladi konsullik ma’lumotida.
Karim ZARIPOV
LiveBarchasi