Samarada o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
08 aprel
14647Rossiyadagi Samara viloyatining Kinelskiy tumanida avtobus Ural-Muxanovo trassasidan chiqib ketib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda IIV viloyat bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Scania rusumli avtobusni boshqarayotgan haydovchi Ural-Muxanovo avtomobil yo‘lining 26-kilometrida harakatlanar ekan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamaydigan tezlikni tanlagan va bu transport vositasining yo‘ldan chiqib ketishiga, keyin esa ag‘darilib ketishiga olib kelgan”, deyiladi xabarda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, avtohalokat oqibatida avtobusning ikki yo‘lovchisi halok bo‘lgan, qolgan o‘n nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi ushbu avtomobil Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi. Avtobus Nijniy Novgorodga O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. 4 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Qozog‘istonga uchdi. 5 aprel kuni soat 03:00 larda YTH qurbonlarining jasadlari Surxondaryo viloyatiga olib kelindi.
LiveBarchasi