Salor kanali suvi ifloslanib bormoqda – O‘zgidromet

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Salor kanali suvi tobora ifloslanib boryapti. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirdi.

Respublikada tabiiy yuza suvlar ifloslanishi holati kuzatuvlari O‘zgidrometning Ifloslanish monitoringi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Shahar ichidan oqib o‘tadigan yuza suvlarning ifloslanish darajasini aniqlash uchun shahardan yuqori va quyi joylarda kuzatuv punktlari o‘rnatilgan. Kuzatuvlarga ko‘ra Toshkent viloyatining eng ifloslangan kanallaridan biri Salordir.

Sanoat korxonalari, shuningdek kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan suv havzalariga tozalanmagan yoki yetarlicha tozalanmagan oqava suvlarning tashlanishi kimyoviy va biologik ifloslanishga olib kelib, suv resurslari ifloslanishining asosiy sababiga aylangan.

Salor kanali 1902 yilda qurilgan, u Qibray tumanida boshlanadi va Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududi orqali oqib o‘tadi. Dastlab Salor kanali Chirchiq daryosining tabiiy irmog‘i bo‘lib, u qadimdayoq kanalga aylantirilgan. Oxirgi davrlarda kanalning suvi kamayib ketgan. Salor partov suvlar va Bo‘zsuv magistral kanalining Toshkent GRESi isitilgan suvlari tushadigan joyning quyidagi uchastkasidan oziqlanadi. Suvning harorati suvo‘tlarning o‘sishi, ortiqcha biomassaning to‘planishi, mikroorganizmlarning ko‘payishi, loyqa bilan to‘lib qolishiga olib kelmoqda, bu jarayonlar uy joy-maishiy sektordan ifloslanish tufayli kuchaymoqda, va o‘z navbatida suvda erigan kislorodningkamayishiga olib kelmoqda.

Salor kanalining yuqori stvoridagi suv xira, kul rang-yashil rangda, tuprog‘i loy-qumli, balchiqli. Gidrobiologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkchilarga ko‘ra suvning sifati III sinf (o‘rtacha ifloslangan suvlar)ga mos keladi, ekologik holati qoniqarli. Salor kanalining quyi stvorlarida suv Toshkent va Yangiyo‘l shaharlarining organik sanoat va xo‘jalik-maishiy oqimlari bilan ifloslangan. Suvning rangi qora, muallaq balchiq zarralari yoki bakterial shilliq tufayli xira, o‘ziga xos hidli, tuprog‘ida qalin loyqa qatlamlar mavjud. Ushbu uchastkada suvning biologik tur tarkibi keskin qashshoqlashib, dastlabki daryo biotsenozlarining degradatsiyasi ro‘y bermoqda, o‘rtacha ifloslangan suvlar uchun xos bo‘lgan turlar yo‘qolib, organik moddalar bilan ifloslangan suvlarda yashaydigan va suvda erigan kislorod yetishmovchiligiga bardosh beradigan organizmlar rivojlanmoqda.

Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan yuqorida joylashgan stvorlarda 5 yil ichida Suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha ifloslanish dinamikasi

Besh yillik dinamikadan ko‘rinib turganidek, Toshkent shahridan yuqorida joylashgan stvor III — o‘rtacha ifloslangan suvlar sinfiga mansub bo‘lsa, Yangiyo‘l shahridan yuqorida joylashgan stvor 2015, 2018 va 2019 yillarda III, 2016 va 2017 yillarda II — toza suvlar sinfiga mansub bo‘lgan.

Salor kanalining Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan quyi qismi gidrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha IV — ifloslangan suvlardan V — ifloslangan suvlargacha o‘zgarib turadi. Ekologik holati — qoniqarsiz va yomon. Gidrokiyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2020 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra kanalning Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan quyidagi qismidagi suvlari V iflos suvlar toifasiga mansub, bu yerda fenol, neft mahsulotlari, ammoniyli va nitritli azot, shuningdek mis birikmalari bo‘yicha ruxsat etilgan konsentratsiyalarning oshib ketgani kuzatilmoqda.

Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan quyida joylashgan stvorlarda 5 yil ichida Suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha ifloslanish dinamikasi

Besh yillik dinamikadan ko‘rinib turganidek, 2015 yildan 2018 yilgacha davrda kanalning Toshkentdan quyi qismida suvlar ifloslangan, 2019 yilda iflos suvlar sinfiga kiritilgan, Yangiyo‘ldan quyi qismida esa 2015 yildan 2019 yilgacha iflos suvlar sinfiga kiritilgan.

Salor kanalining suvi, albatta, xo‘jalik-maishiy maqsadalr yoki cho‘milish uchun yaramaydi. Kanal suvidan daraxtlar va gullarni sug‘orish uchun foydalanish mumkin. Biroq sabzavotlar yoki qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda bu suvdan foydalanish mumkinligi dargumon. Salor kanalida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun vaqti-vaqti bilan sanitariya tadbirlarini o‘tkazish, ya’ni kanalni "yuvish" uchun yetarli bo‘lgan suv miqdorini berish kerak.

Salor poytaxt infratuzilmasining muhim qismi hisoblanadi. U Toshkentda Hayvonot bog‘i, Botanika bog‘i, Ekopark, Mirzo Ulug‘bek nomidagi park va boshqa yerlardan oqib o‘tadi. Oxirgi vaqtda kanalga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda, lekin buning o‘zi yetarli emas.


Maqola muallifi

Teglar

Salov kanali

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar