Salom, bu InfinBANK. Visa kartasini bepul yetkazib berishni buyurtma qilganmidingiz?
Biznes
−
06 mart 2023
6060Bahorda qushlar issiq o‘lkalardan qaytadi, odamlar esa, aksincha, issiq o‘lkalarga otlanadi. Agar sizda ham bunday reja bo‘lsa, sayohatingizning moliyaviy tomonlarini oldindan rejalashtirish va InfinBANK Visa kartasini bankka bormasdan — uyingizga buyurtma qilishga qanday qaraysiz?
Xalqaro kartasiz o‘zga yurtda qiynalib qolishingiz tabiiy. Uning eng katta foydali tomoni — karta bilan dunyoning istalgan burchagida to‘lov qilish mumkin: mehmonxonalarda, restoranlarda, kimyoviy tozalash punktlarida, suvenir va boshqa do‘konlarda, shifoxonalarda va boshqa elektron hamda qo‘ldagi to‘lov terminallari va bankomatlarda Visa logotipli kartadan foydalanish imkoniyati bor. Siz undan onlayn tarzda ham foydalanishingiz mumkin, masalan: samolyotga chipta olishda, mehmonxonadan xona band qilishda va boshqa ishlarda. Buning uchun kartangiz rekvizitlarini xizmat ko‘rsatuvchi yoki yetkazib beruvchiga ma’lum qilish yetarli, ular xizmatni bajarib bo‘lgach esa kartangizdan belgilangan miqdordagi pul yechib olinadi.
Deyarli shu usulda internet orqali narsa xarid qilish mumkin, buning uchun kartadagi maxsus 3ta raqamni kiritish kifoya.
Qulaylik, tanlash imkoniyati va moliyaviy moslashuvchanlik — InfinBANK Visa kartalarining asosiy afzalliklaridandir. Ehtiyojingizdan kelib chiqib siz standart Visa Classic kartasini yoki premium turdagi — Visa Platinum kartasini rasmiylashtirishingiz mumkin. Kartaning darajasi qanchalik balandroq bo‘lsa, uning egalari uchun yoqimli bonuslar shunchalik ko‘p: mahsulot yoki xizmat uchun chegirma, keshbeklar, bepul sug‘urtalar, samolyotni kutish uchun aeroportdagi biznes-zallar, konserj-xizmatlar va boshqalar.
InfinBANK Visa kartalariga buyurtma berish uchun bankning mobil ilovasi orqali kerakli arizani to‘ldirish kifoya. Xizmat bepul, faqatgina karta turidan kelib chiqib to‘lov mavjud — 35 000 so‘mdan (Visa Classic) 180 000 so‘mgacha (Visa Platinum). Spark rusumli avtomobillardan iborat butun boshli tezkor xizmat ko‘rsatishga shay, ularning yagona vazifasi Visa kartalarini yetkazib berishdir. Xizmat faqatgina InfinBANK filiallari bo‘lgan shaharlarda mavjud.
Mijoz kurer tomonidan yetkazib berilgan kartani olishi uchun o‘z shaxsini tasdiqlovchi xujjatni ko‘rsatishi kerak. Bu odatiy jarayon, chunki kurer karta o‘z egasiga yetib borganiga amin bo‘lishi kerak. Endi kartani bankning mobil ilovasi orqali ishga tushirish qoldi va InfinBANK Visa kartasi bilan yo‘lga chiqishingiz mumkin bo‘ladi.
Visa kartalarining o‘zingizga mos turini tanlash uchun batafsil ma’lumotlarni bank saytidan yoki mobil ilovadan topishingiz mumkin. Sayohatingiz zavqli o‘tishiga tilakdoshmiz!
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi